15:45 / 09.06.2021
9904

Bolgariya qiruvchi samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

Samolyot Shabla shahri hududida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazayotgan bo‘lgan. Halokat sababi hozircha aniq emas.

Bolgariya harbiy-havo kuchlariga qarashli MiG-29 qiruvchi samolyoti Qora dengizga qulab tushdi. Bu haqda Bolgariya milliy radiosi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, samolyot Shabla shahri hududida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Halokat sababi hozircha aniq emas.

Uchuvchini qidirish uchun ikkita kema, vertolyot va dronlar jalb etilgan.

Radioning qayd etishicha, uchuvchi samolyot qulashidan oldin hech qanday muammo to‘g‘risida xabar bermagan.

Mavzuga oid
Top