17:27 / 09.06.2021
2529

Fermer xo‘jaligi rahbaridan 500 dollar olmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Yozyovon tumanida fermer xo‘jaligi rahbaridan 500 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqarolar Sh.N. va Sh.A. “A.F.” fermer xo‘jaligidan olinib, Yozyovon tumani hokimligi zaxirasiga qaytarilgan 133,5 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fermer xo‘jaligiga qaytarib olib berish evaziga xo‘jalik rahbaridan 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Qo‘qon shahrida mashinasini jarima maydonidan olib chiqib berishini aytib, pul talab qilgan erkak qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi. 

Top