13:34 / 10.06.2021
936
Navoiyda aholining kommunal to‘lovlarini o‘zlashtirgan korxona rahbari va xodimiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Navoiy viloyati Karmana tumanida aholi tomonidan kommunal to‘lovlar uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan korxona rahbari va ishchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida «N.A.» xususiy korxonasi rahbari A.I. va operatori P.M.lar kommunal to‘lovlar uchun aholidan Paynet shoxobchasi orqali qabul qilingan to‘lovlarni o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan.

Ular to‘lovlarni abonentlarning hisobraqamiga o‘tkazmasdan, fuqarolarga to‘lov amalga oshirilganligi haqida kvitansiyalar berib, jami 244 nafar fuqaroning 39,8 million so‘m pullarini o‘zlashtirgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top