09:20 / 10.06.2021
2201

Qo‘qon shahar hokimi velomarafonda marraga birinchi bo‘lib yetib keldi

Qo‘qon universitetida bo‘lib o‘tayotgan “TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafoni doirasida o‘tkazilgan velopoygada Qo‘qon shahar hokimi marrani birinchi bo‘lib zabt etdi. Bu haqda Qo‘qon shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, velomarafonda 200 ga yaqin ishtirokchi qatorida Qo‘qon shahar hokimi, universitet rektori va sektor rahbarlari ham 8500 metrlik masofani bosib o‘tgan.

Qo‘qon shahrining markaziy ko‘chalarini kezib o‘tgan velosipedlar kolonnasi aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlab turilgan.

Velopoyga muxlislari olqishlari ostida finish chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tgan Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov barcha ishtirokchilarga faollik uchun minnatdorchilik bildirib, esdalik uchun birgalikda suratga tushgan.

Avvalroq Samarqandga velosipedda otlangan otaxonlar 7 kun deganda Farg‘onaga qaytib kelishgani haqida lavha berilgan edi.

Mavzuga oid
Top