11:46 / 11.06.2021
9281
Dam olish kunlari asosan quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 35-37 daraja issiqni, Surxondaryo viloyatida ba'zi joylarda 41-43 daraja issiqni tashkil etadi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, dam olish kunlari respublika bo‘yicha asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat me'yordan 1-2 darajaga ko‘p bo‘ladi va 33-36 daraja issiqni, janubda va cho‘l hududlarida 37-40 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayadi.

Top