16:28 / 11.06.2021
4870
Hindistonda “qora mog‘or”ga chalinganlar soni 31 mingdan oshdi

Qayd etilishicha, ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 2109 nafarni tashkil etmoqda.

Hindistonda mukormikoz (“qora mog‘or”) kasalligiga chalinganlar soni 31 216 nafarga yetdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 2109 nafarni tashkil etmoqda.

Eng ko‘p kasallikka chalinganlar Maharashtra shtatida qayd etilgan – 7057ta holat va 609ta o‘lim. Keyingi o‘rinda Gujarat shtati turibdi (5418ta kasallikka chalinish holati va 323ta o‘lim). smertelnyx isxoda).

Avvalroq Rajaston va Telangan shtatlarida mukormikoz kasalligi epidemiyasi e'lon qilingandi.

Mukormikoz ko‘pincha koronavirusdan yaqinda sog‘ayganlarda aniqlanmoqda.

Top