20:56 / 11.06.2021
13213
Tesla eng tezyurar elektromobilini namoyish etdi

Elektromobil ikki soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 320 kilometrga yetadi.

Foto: Tesla

Tesla kompaniyasi Model S elektromobilining yangi versiyasini namoyish etdi. U Plaid deb nomlanadi. Elektromobil ikki soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 320 kilometrga yetadi.

Ushbu elektromobil bir marta quvvatlanib, 630 kilometrga yaqin yo‘l yurishi mumkin.

Model S Plaid 130 ming dollar turadi. 10 iyun kuni dastlabki 25 nafar xaridor o‘z elektromobillarini oldi.

Tesla bir necha kun avval Plaid+ modeli ishlab chiqarilishi to‘xtatilganini e'lon qilgandi.

Top