08:59 / 11.06.2021
1796

Turkiya va Xorazm o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

11 iyun kuni Turkiyaning «Turkish Airlines» aviakompaniyasi Istanbul – Urganch yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirdi.

Airbus A320 havo kemasida 3,5 soat parvoz qilgan yo‘lovchilar «Urganch xalqaro aeroporti»da tantanali kutib olindi. 

Rejaga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda parvozlar haftada bir marotaba – juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

«Turkish Airlines» dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, 120dan ortiq mamlakatga parvozlarni amalga oshiradi.

Top