16:45 / 11.06.2021
10371

Xitoylik ayol kiprik o‘stirish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Ayol avvalgi rekordini 2016 yilda o‘rnatgan, o‘shanda kipriklari uzunligi 12 santimetrni tashkil etgandi.

Xitoylik Yu Tszyansya ismli ayol eng uzun kipriklar sohibasi sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi.

Qayd etilishicha, uning kipriklari uzunligi 20 santimetrga teng.

Ayol avvalgi rekordini 2016 yilda o‘rnatgan, o‘shanda kipriklari uzunligi 12 santimetrni tashkil etgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol o‘zidagi bu g‘ayrioddiy xususiyatni 2015 yilda sezib qolgan. U shifokorlardan yordam so‘ragan, ammo mutaxassislar ayolning kipriklari o‘sishi sababini topa olishmagan.

Mavzuga oid
Top