09:00 / 11.06.2021
12496
Reklama

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi: yangi bosqich sotuvlari boshlandi

Bizning Uylar Development kompaniyasi Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi yangi bosqich qurilishini amalga oshirmoqda.

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi sotuv ofisida ikkita to‘qqiz qavatli qo‘shimcha uylardagi yangi xonadonlar sotuvga chiqdi. Kelasi yilning boshida tayyor ta'mirlangan obekt to‘liq topshiriladi. 2022 yilning mart oyidayoq uylarning dastlabki egalari o‘zlarining yangi xonadonlariga ko‘chib kelib, yashashlari mumkin.

Yangi uylarda xaridorlarga 36 dan 67 kvadrat metrgacha bo‘lgan bir, ikki va uch xonali xonadonlar taklif etiladi. Tayyor xonadonlar sifatli ta'mirlanib, eshiklar, shovqino‘tkazmas derazalar, ikki konturli isitish radiatorlari o‘rnatilib yashashga tayyor holatda topshiriladi. Shuningdek, hojatxona va yuvinish xonasi santexnika bilan jihozlangan, polga laminat qoplanib, internet va aloqa simlari o‘tkazilgan bo‘ladi.

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi poytaxt markazidan uzoqroqda hayot kechirishni tanlaydigan aholi o‘rtasida mashhurlikka erishdi. Yangihayot tumanidagi zamonaviy oilaviy ushbu majmua shahar chetida sokin muhitda yashashni istaydigan odamlar uchun eng maqbul tanlovdir. Majmua yaqinida anhor oqib o‘tadi. Aholini turar joy majmuasi hududida avtomobillardan xoli yopiq hovlilar, bolalar va sport maydonchalariga ega keng ko‘kalamzor maydonlar, shaxsiy avtoturargoh va boshqa afzalliklar kutmoqda.

Kompaniya xaridorlarga majmuaning qurilish bosqichida maksimal darajada foydali shartlarni taklif etadi. 100% to‘lov amalga oshirilganda chegirmalar taqdim etiladi. Shoshiling, taklif cheklangan.

Sotuv ofisi soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: www.bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Reklama huquqi asosida

Top