16:41 / 11.06.2021
1997
Yevroittifoq emlangan turistlar uchun karantinni bekor qildi

YeIda AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Moderna va Johnson & Johnson kompaniyalari vaksinalari ma'qullangan.

Foto: Reuters

Yevroittifoqqa a'zo mamlakatlar YeI hududi ichidagi sayohatlarga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatishga rozi bo‘ldi. Endilikda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan turistlar YeI mamlakatlariga kelganida karantin o‘tashlari shart bo‘lmaydi. Bunda ular Yevropa regulyatori yoki JSST ma'qullagan vaksina bilan emlangan bo‘lishlari lozim.

Ushbu qaror YeI mamlakatlari elchilari uchrashuvida qabul qilindi, deb yozmoqda Reuters. Koronavirusga qarshi emlangan turistlar Yevroittifoqning barcha mamlakatlari orasida erkin sayohat qilishlari mumkin.  

YeIda AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Moderna va Johnson & Johnson kompaniyalari vaksinalari ma'qullangan. Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi Yevropa regulyatori tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

10 iyun kungi ma'lumotlarga ko‘ra, YeIda 100 millionga yaqin kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

Top