22:30 / 12.06.2021
11802
Kristian Eriksen Finlandiyaga qarshi o‘yinda hushini yo‘qotdi

Daniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kristian Eriksen Yevropa chempionati 1-turidan o‘rin olgan Finlandiyaga qarshi uchrashuv vaqtida maydonda hushini yo‘qotdi.

Foto: Reuters

Birinchi bo‘lim yakuni arafasida «Inter» futbolchisi kutilmaganda maydonga quladi. Futbolchilar uning tili orqaga ketib qolishining oldini olishga harakat qilishdi. Bu vaqtda maydonda shifokorlar tushdi. Futbolchiga 15 daqiqa davomida yordam ko‘rsatildi, yurak massaj qilindi va maxsus texnika yordamida hushiga keltirishga harakat qilindi.

Tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan vaqtda daniyalik futbolchilar jamoadoshlarini o‘z tanasi bilan pana qilib turishdi. Reanimatsiya muolajasi muvaffaqiyatli yakunlangach, Eriksen maydondan olib chiqib ketildi. Ketayotgan vaqtda Eriksen o‘ziga kelgan edi. Uni tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketishdi. Yevro-2020 doirasidagi Daniya – Finlandiya o‘yini esa vaqtincha to‘xtatildi.

Kristian Eriksen 1992 yil tug‘ilgan. U Italiyaning «Inter» klubi va Daniya milliy jamoasi sharafini himoya qiladi. Futbolchi to‘rt marta (2013, 2014, 2015, 2018 yillar) Daniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Mavzu
Yevro-2020
Pandemiya tufayli kechiktirilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 11 iyun kuni boshlanadi. Turnir ilk marta butun Yevropa bo‘ylab 11 shahardagi stadionlarda o‘tkaziladi.
Barchasi
Top