O‘zbekiston | 15:16 / 12.06.2021
3281
1 daqiqa o‘qiladi

Orolqum uchun 5 mln 200 ming tup saksovul ko‘chatini yetkazib bergan ayolni bilasizmi?

Kecha Nukus Olimpia zahiralari kollejida «Tashabbus-2021» ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xabar berdi.

Qatnashchilar orasida Mo‘ynoqdan «Bayniyazova Nafisa» fermer xo‘jaligi raisi Nafisa Bayniyazova ham ishtirok etgan. Ta'kidlanishicha, u o‘tgan yili Orolqumga ekish uchun 5 mln 200 ming tup saksovul ko‘chatini yetkazib bergan.

2011 yilda ish boshlagan fermer ayolning bugungi kunda 600 gektar yer maydoni mavjud. Hozirda uning tasarrufida 500dan ortiq mayda shoxli qo‘y-echki, 100dan ortiq qora mollari bor. Parrandachilikda ham ilg‘or fermerning 200dan ortiq har xil tovuqlari ham uning ko‘p tarmoqli fermer sifatida ish olib borishida qo‘l-qanot bo‘lmoqda.

Mavzuga oid