12:09 / 12.06.2021
1341

Samarqandda Rossiyaga parvoz uchun soxta aviachipta sotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida Rossiyaga parvoz qilmoqchi bo‘lganlarga soxta aviachipta sotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIBga bir necha fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Ular o‘z arizasida 2021 yilning may-iyun oylarida Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasida ochilgan aviachipta sotuvchi firmada ishlovchi E.dan Rossiyaga ketish uchun har bir biletni 4,3 million so‘mdan 5,5 million so‘mgacha sotib olishgani, ularni tekshirtirganlarida qalbaki bo‘lib chiqqanini bayon qilishgan va E.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rashgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top