13:31 / 13.06.2021
6346
Xitoyda gaz portlashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xubey provinsiyasi Shiyan shahrida gaz portlashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi og‘ir jarohat oldi. Xitoy markaziy televideniyesining ma'lum qilishicha, qutqaruvchilar vayronalar ostidan 144 kishini chiqarib olishgan.

Portlash 13 iyunda mahalliy vaqt bilan soat 6:30da Chjanvan tumanidagi turar joy majmuasi hududida yuz bergan. Majmua yonida oziq-ovqat bozori joylashgan va portlash yuz bergan vaqtda u ishlayotgan bo‘lgan. Portlash to‘lqinidan bozordagi 40taga yaqin do‘kon vayron bo‘lgan.

Hozirda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Shahar ma'muriyati aholini jarohat olganlar uchun qon topshirishga chaqirgan.

Top