11:23 / 14.06.2021
3633
Nyu-Yorkka qatnovlar soni ortishi kutilmoqda
Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 3 avgustidan boshlab Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, xabarda aviachiptalarni kompaniya rasmiy sayti, Uzbekistan Airways Sales filiali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligi ta'kidlangan.

Top