15:14 / 15.06.2021
1859
Denovda maktablar hududi talon-toroj qilinmoqda

Denov Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 75-, 78-maktablar tasarrufidagi yer maydonlarini tadbirkorlar egallab olmoqda. 

75-maktab kirish darvozasidagi inshoot qurilib boshlaganiga 5 yil bo‘lganiga qaramay hanuz yakuniga yetmagan. Buning sababi ushbu qurilish ishlari tegishli hujjatlarga ega emas.

78-maktab hududidagi inshoot esa 3 qavatdan iborat qilib qurilgan. 78-maktab hududidagi qurilish ishlaridan mahalla aholisi norozichilik bildirib prokuraturaga murojaat qilgan. Ammo prokuratura hanuzgacha aholiga javob bermagan.

Prezidentning «Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan maktablarning yer uchastkalari va ko‘chmas mulki Xalq ta'limi vaziri bilan kelishmasdan turib begonalashtirilishi mumkin emas.

Hokimliklar ta'lim muassasalarining yer uchastkalarini ta'lim sohasidan boshqa maqsadlarda yuridik va jismoniy shaxslarga berishi qa'tiyan taqiqlangan.

Top