23:13 / 15.06.2021
8155
Eron tashqi ishlar vazirligi G7 va NATOning Tehronga «aql o‘rgatish»ga haqqi yo‘qligini bildirdi

Said Xatibzodaning so‘zlariga ko‘ra, «bu tashkilotlar boshqalarga buyruq berish o‘rniga xalqaro huquqqa rioya qilishi lozim».

«G7 va NATOning Tehronga aql o‘rgatishga haqqi yo‘q». Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Said Xatibzoda o‘zining Twitter sahifasida shunday deb yozdi.

«Mintaqadagi mamlakatlar harakatlarining halokatli oqibatlarini hisobga olgan holda, G7 va NATOning mintaqaviy tinchlik va barqarorlik tayanchi bo‘lgan Eronga aql o‘rgatishga haqqi yo‘q», deya qayd etdi u.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, «bu tashkilotlar boshqalarga buyruq berish o‘rniga xalqaro huquqqa rioya qilishi lozim».

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan NATO sammitidan so‘ng tashkilot bayonot e'lon qildi. Unda Eron yadro quroli ishlab chiqishining oldini olish bosh maqsad ekanligi aytilgan.

«Katta yettilik» guruhi uch kunlik uchrashuvdan so‘ng bandlaridan biri Eronga bag‘ishlangan kommyunike e'lon qildi. Guruh Tehronni raketa dasturini rivojlantirishni to‘xtatishga chaqirgan.

Avvalroq Xitoy NATO va G7 bayonotlariga nisbatan norozilik bildirgandi.

 

Top