14:00 / 15.06.2021
3518
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: xodimlar uchun “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asoslari” bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi 4611-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxonalarining bosh hisobchilari va mutaxassislari kasbiy malakasi hamda MHXS bo‘yicha bilimlarini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘quv seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad Jamiyat tarkibidagi korxonalarda MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tayyorlashni ta'minlashdan iboratdir.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur o‘quv seminarlar buxgalteriya hisobini bosqichma-bosqich moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzish, jahon integratsiyasiga yanada kengroq kirib borish imkoniyatini yaratib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimida buxgalteriya hisobini isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi bosqichi bo‘lib qoladi.

14 kun mobaynida jamiyat tarkibiy korxonalari bosh buxgalterlari va mutaxassislari tomonidan:

  • Xalqaro standartlar doirasida shakllantirilayotgan moliyaviy hisobotlarni tezkorlik bilan tayyorlash;
  • “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlari faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, hisob jarayonlarini xalqaro standartlarda yuritishni tashkil etish;
  • Xalqaro standartlar doirasida mepping jadvallardan samarali foydalanish;
  • Xalqaro standartlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash mobaynida ish vaqti va vakolatlarini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha malakalari oshiriladi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi barcha korxonalarda hisob siyosati va buxgalteriya hisobi yuritilishi markazlashgan 1S dasturi orqali avtomatlashtirilgan holda yuritilmoqda.

Bugungi kunda Jamiyatning 2019 hamda 2020 yillar uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro auditorlik standartlariga (IAS) muvofiq audit tekshiruvini o‘tkazishda “PricewaterhouseCoopers” auditorlik tashkiloti bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top