20:04 / 15.06.2021
5496
Xitoy raqamli valutani maosh to‘lashda sinab ko‘rdi

Mahalliy hokimiyatning bildirishicha, mazkur texnologiya bilan maosh to‘lash jarayoni tezlashgan va shaffoflashgan.

Foto: REUTERS/Florence Lo/Illustration

Xitoy xalq banki Syun'an rayonida maoshlarni to‘lash uchun milliy raqamli valutani (CBDC) sinab ko‘rdi. Bu haqda SoinDesk yozmoqda.

Syun'an hokimiyatining xabar qilishicha, milliy raqamli valutada maoshlarni to‘lash bo‘yicha sinovda markaziy bank hududiy bo‘limi, Bank of China filiali va Xitoy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi qatnashgan.

Maoshlar blokcheyn asosidagi maxsus platforma yordamida ishchilarga tarqatilgan. 

Mahalliy hokimiyatning bildirishicha, mazkur texnologiya bilan maosh to‘lash jarayoni tezlashgan va shaffoflashgan.

Milliy raqamli valutani ishlab chiqish Xitoy xalq banki tomonidan 2014 yilda ichki guruh tuzilishidan boshlangandi.  

Xitoy rasmiylari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2018 yilda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan axborot texnologiyalari sohasiga bag‘ishlangan konferensiyasida Xitoy raqamli valutasi qanday ishlashi va uning kelajagini sun'iy intellekt va robototexnika yutuqlari bilan baholagandi.

Xitoy xalq banki ma'lumotlariga ko‘ra, CBDC bir soniyada kamida 250 mingta tranzaksiyalarni amalga oshiradi va oxirgi bir yilda Xitoyda raqamli valuta bilan savdo qilish ulushi 50 foizdan ko‘proq miqdorda oshgan.

Top