14:42 / 15.06.2021
3895
YeI va AQSh savdo urushini to‘xtatishga kelishib oldi

AQSh va YeI o‘rtasidagi savdo bahsi 2019 yilda, Jahon savdo tashkiloti (JST) Airbus kompaniyasi Yevropa mamlakatlaridan 15 yil davomida olib kelgan subsidiyani noqonuniy deb topganidan so‘ng boshlangandi.

Foto: AP

YeI va AQSh vakillari 2019 yildan buyon davom etib kelayotga savdo nizosini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, dushanba kuni Yevropa komissiyasi Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YeI-AQSh sammitiga qadar Amerika tomoni bilan shartnoma borasida kelishuvga erishishga ulgurish uchun YeI a'zolari bilan kelishuv shartlarini muhokama qildi.

AQSh va YeI o‘rtasidagi savdo bahsi 2019 yilda, Jahon savdo tashkiloti (JST) Airbus kompaniyasi Yevropa mamlakatlaridan 15 yil davomida olib kelgan subsidiyani noqonuniy deb topganidan so‘ng boshlangandi. JST AQShga YeIning 7,5 mlrd dollarlik mahsulotlariga nisbatan, so‘ngra esa YeIga AQShning 4 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritishga ruxsat berdi. 

Ma'lumot berilishicha, YeI va AQSh po‘lat va alyuminiy atrofidagi bahs doirasida joriy etilgan ikki tomonlama import bojlarini bekor qilish borasida ham kelishuvga erishishi mumkin. 2018 yilda Donald Tramp ma'muriyati 20 foizlik import bojlarini joriy etgan, shundan so‘ng YeI, Xitoy va Rossiya xuddi shunday javob chorasini e'lon qilgandi.

Top