09:21 / 15.06.2021
1025
YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatgan «Labo» haydovchisiga ma'muriy qamoq jazosi belgilandi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida «Labo» haydovchisi YPX xodimi bilan janjallashib, oqibatda unga sud tomonidan ma'muriy qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, boshqaruv vaqtida qo‘l telefonidan foydalanib kelgan haydovchi YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan. Unga qoidabuzarligi tushuntirilib, bayonnoma tuzilishi aytilgan. Shundan so‘ng haydovchi YPX xodimiga bayonnoma tuzmasligi uchun qarshilik ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar sud tomonidan o‘rganilib, haydovchiga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi tartibida 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi belgilandi. 

Avvalroq joriy yilda YTHlarda qurbon bo‘lganlar soni 550 nafardan oshgani, qurbon bo‘lganlarning eng ko‘pi Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri kelayotgani haqida xabar berilgan edi.

Top