09:54 / 16.06.2021
3847
1-sinfga onlayn qabul tizimi ishga tushirildi

2021-2022 o‘quv yili uchun umumta'lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin. 

Ma'lum qilinishicha, xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta'lim maktablari uchun mavjud. 

Biriktirilgan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarda, maktab sig‘imidan kelib chiqib, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha o‘quvchilar o‘rni (kvota) ajratiladi.

Top