18:12 / 16.06.2021
1938

Buxoroda «valutafurushlik» bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida valuta qimmatliklarini noqonuniy ayriboshlash bilan shug‘ullangan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, huquqni himoya qilish organlari tomonidan Vobkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shofirkon tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan N.U. qo‘lga olingan.

U valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelib, o‘zga bir shaxsdan 1 AQSh dollarini 10 500 so‘mdan hisoblab, jami 2 800 AQSh dollarini 29 million 400 ming so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan N.U. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top