08:25 / 16.06.2021
33778
Jizzaxda yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda yuk va yengil avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

Joriy yilning 15 iyun kuni soat 18:20larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar hududidan o‘tgan 4R-36 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan E.Q. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan D.E. boshqaruvida bo‘lgan "SHACMAN" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, "Neksiya" rusumli avtomobil haydovchisi E.Q. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan D.N. turli tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 2010 yilda tug‘ilgan A.S. va 1994 yilda tug‘ilgan A.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Top