22:11 / 16.06.2021
11774
Rossiya va AQSh strategik barqarorlik bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi

16 iyun kuni Jyenevadagi La-Granj villasida Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Reuters

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden Jyenevadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha strategik barqarorlik borasida qo‘shma bayonot qabul qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

«Bugun biz yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmasligi va bu urush hech qachon yuz bermasligi tamoyiliga sodiqligimizni tasdiqlaymiz», deyiladi bayonotda.

Bayonotda aytilishicha, strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi shartnomaning uzaytirilishi buning tasdig‘idir.

«Rossiya va AQSh bu maqsadlarga erishish uchun yaqin vaqt ichida strategik barqarorlik bo‘yicha ikki tomonlama muloqotni yo‘lga qo‘yadi», deyiladi hujjatda.

16 iyun kuni Jyenevadagi La-Granj villasida ikki davlat rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi. Ular o‘rtasidagi ikki qismdan iborat muzokaralar 3,5 soat davom etdi.

Top