22:09 / 16.06.2021
1437
Yangiyo‘lda yo‘lda yotgan odamni bosib o‘ldirgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida odam urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida odam urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 7 iyun kuni soat 22:20larda Toshkent-Dushanbe xalqaro avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l shahri hududidan o‘tgan 25-kilometrida noma'lum shaxs boshqaruvida bo‘lgan avtotransport vositasi yo‘lning qatnov qismida yotgan odamni bosib o‘tib ketgan.

So‘ng jabrlanuvchiga yordam bermasdan hodisa yuz bergan joydan qochgan. Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Surishtiruvlarda marhum «Niyozboshi» MFYda yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan shaxs ekanligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB shaxsiy tarkibidagi barcha xodimlar qochib ketgan haydovchini topishga jalb qilingan. Olib borilgan tezkor qidiruvda mazkur yo‘l-transport hodisasini «Niyozboshi» MFYda yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan A. o‘z boshqaruvidagi «Nexia» mashinasi bilan sodir etgani aniqlangan.

Top