14:27 / 17.06.2021
656
Buxoroda 15 sotix yerni 35 million so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida 15 sotix yerni 35 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Vobkent tumani Quruvchi mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan B.B. fuqarolardan biriga tumanning Changaron mahallasi hududida joylashgan 15 sotix bo‘sh yer maydonini 35 million so‘mga sotishga kelishgan.

So‘ng kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSh dollari va 5 million so‘m pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top