17:52 / 17.06.2021
2268
«Uzbekistan Airways» Dehliga parvozlarni qisqartirmoqda
Foto: KUN.UZ

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021 yil 18 iyundan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni bekor qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilar bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablag‘larini qaytarib olishlari mumkin.⠀

Eslatib o‘tamiz, «Uzbekistan Airways» 5 mart kunidan Hindistonga muntazam qatnovlarni tikladi, Toshkent-Dehli reysi haftada ikki marta - seshanba va juma kunlari amalga oshirilayotgandi.

Top