O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki kunlik amaliy tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Shuningdek, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish mo‘ljallangani aytiladi.
Qayd etilishicha, «Yangi Andijon» shaharchasi qurilishining boshlanishi tashrifning eng muhim voqealaridan biri bo‘ladi.