08:36 / 17.06.2021
26738
Sobiq MXX markaziy binosi sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir qator yirik ko‘chmas mulk obektlarini xususiylashtirish jarayoni natijalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Ayrim yirik ko‘chmas mulk obektlarini xususiylashtirish jarayonlari bo‘yicha Davlat tender komissiyasining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:

  • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishuvi manzilida joylashgan “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi bo‘yicha 78,0 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “Metro Plaza” MChJ;
  • Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi manzilida joylashgan “Ichan qal'a” mehmonxona majmuasi bo‘yicha 74,2 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “QUADRO IH DMCC” kompaniyasi;
  • Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi manzilida joylashgan sobiq “Markaziy bino” (sobiq MXX binosi) bo‘yicha 210,0 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “METROPOL GROUP” MChJ savdo g‘olibi deb topildi.

Bildirilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdo g‘oliblari bilan davlat aktivining sotilishi yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish ishlarini boshlaydi.

Shu bilan birga, “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi va “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJni xususiylashtirish jarayonlari davom etayotgani ma'lum qilindi.

Top