18:52 / 17.06.2021
856
Surxondaryoda «Nexia» urib yuborgan piyoda vafot etdi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida qoidalarni buzib tez harakatlangan «Nexia» yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 iyun kuni soat 8:00larda M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani Gultepa mahallasi hududidan o‘tgan 1525-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Nexia» haydovchisi belgilangan tezlik me'yorlarini buzib harakatlangan va yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Top