14:13 / 17.06.2021
7133

Urgutda «Jiguli» va «Captiva» haydovchilari bir-biriga yo‘l bermagani ortidan ommaviy janjal yuz berdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida «Jiguli» va «Captiva» haydovchilari bir-birlariga yo‘l bermasligi oqibatida ommaviy janjal kelib chiqqan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 16 may kuni soat 22:30larda Urgut tumani Dehqonobod mahallasi hududidagi yo‘lda «Jiguli-VAZ 2106» hamda «Captiva» rusumli avtomashina haydovchilarining bir-biriga yo‘l bermasligi natijasida fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjalga avtomashinalarda bo‘lgan fuqarolar ham qo‘shilgan. Oqibatda ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, hozirda jabrlanuvchilar olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, «Captiva» haydovchisi «Ipoteka bank» Samarqand viloyati filiali xodimi J.U. bo‘lgan. Ommaviy janjalda u o‘z tanishlari va qarindoshlari bilan «Jiguli» haydovchisi va uning sherigini urib tan jarohati yetkazgan.

Top