17:00 / 18.06.2021
5405

ERIELL Group: Yangi quduqlar ishga tushirildi

Foto: ERIELL Group

«2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» doirasida ERIELL Group tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda joriy yilning iyun oyida uchta yangi quduq ishga tushirildi, ikkita quduq obodonlashtirildi va beshta quduq elektr kimyo himoyasi (EKH)ga ulandi.  

Qashqadaryo viloyatida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Tegirmon» konining 11-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Quduq debiti sutkasiga 243,706 ming m3ni tashkil etdi. Diametri 168×6 mm va umumiy uzunligi 525 m bo‘lgan shleyfli gaz quvuri qurilishi amalga oshirildi. 

Qashqadaryo viloyatida, shuningdek Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Zevardi» konining 318-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 168×6 mm va umumiy uzunligi 399 m bo‘lgan shleyfli gaz quvuri qurilishi amalga oshirildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ta: «Shimoliy Berdaq» konining 87-sonli va Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Inom» konining 25-sonli quduqlari obodonlashtirildi.

Buxoro viloyatida Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Hojikazgan» konining 57-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 108×8 mm va umumiy uzunligi 3318 m bo‘lgan shleyfli gaz quvuri qurilishi amalga oshirildi. Shuningdek Gazli hududida «Andakli» konining 1, 2, 11 va 12-sonli quduqlarini elektr kimyo himoyasi (EKH)ga ulash ishlari yakuniga yetkazildi.   

2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasidagi ishlar ERIELL Group va «O‘zbekneftgaz» AJning umumiy sa'y-harakatlari bilan davom ettirilmoqda.  

ERIELL Group Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top