13:42 / 18.06.2021
7560

Nisbatliklar masjid qurmoqda: ulug‘ ishga hissa qo‘shish imkoni bor

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Nisbat mahallasidagi Xalfa qishlog‘ida joylashgan Xalfa masjidi aslida yuz yillardan beri bor. Vaqt o‘tib, aholi ko‘paygach, qo‘shimcha binoga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Chunki hademay yana yog‘inli kunlar kelsa, namozxonlarning katta qismi tashqarida qolishi mumkin.

Qishloq ahli bahorda hashar qilib, kattagina yopiq ayvonli qo‘shimcha bino va yangi tahoratxona qurishni boshlab yubordi.

Bino loyihasi

Ammo ishning yarmiga kelganda mablag‘ yetishmayotgani sabab qurilish ishlari sekinlashib qoldi. Agar ish tezlashmasa, kuzga kelib qurilish yomg‘ir ostida qolishi mumkin. Qishloq faollari ushbu savobli ishni yoritishimizni so‘rashdi. Maqsad – ham savobli ishdan hamyurtlarimizni xabardor qilish, ham bu ishga hissa qo‘shish istagidagilar bo‘lsa, ularni ham jalb etish.

Xalfa jome masjidi noibi G‘iyosiddin Zayniddinovning aytishicha, masjidga hududdagi 6 ta mahalladan namozxonlar qatnaydi. 3-4 asrlik Xalfa masjidi eski binosiga ko‘pi bilan 100 kishi sig‘adi.

Qo‘shimcha bino qurib bitkazilgach, 700 kishi bemalol joylashishi mumkin bo‘ladi. Hozirda qo‘shimcha binoning poydevori bitgan, devorlar ko‘tarilgan, ish imkon qadar davom etyapti. Endi bino tomini yopish, derazalar qo‘yish va pol qismini qurish kerak. Buning uchun esa anchagina mablag‘ kerak bo‘ladi...

Homiylar ham, odamlarning o‘zi ham qarab turgani yo‘q, har kim qo‘ldan kelgancha savob ishga hissa qo‘shib turibdi. Ammo qurilishni o‘z vaqtida yakunlash endi yurtdoshlarning ko‘magiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Masjid qurilishiga hissa qo‘shishni niyat qilganlar quyidagi kartalarga pul o‘tkazishlari mumkin:

Ipotekabank (Humo): 9860 0101 2513 2125 (masjid mutavallisi Ilhomjon Karimov nomida);

Savdogarbank (Uzcard): 8600 0804 0464 2059 (masjid mutavallisi Ilhomjon Karimov nomida);

Sberbank (visa card): 4276 5000 2273 8957 (Xurshid Sidikov nomida).

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top