00:22 / 19.06.2021
29203
AQSh Ukrainaga 100 million dollarlik harbiy yordamni to‘xtatib qo‘ydi
Foto: AP

Oq uy Ukrainaga 100 mln dollarlik harbiy yordam taqdim qilish rejasidan qaytdi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Ushbu yordam Ukraina yaqinida Rossiya qo‘shinlari joylashtirilishiga javoban rejalashtirilgandi.

Nashrning o‘z manbalariga tayanib ma'lum qilishicha, Kiyevga taqdim qilinishi rejalashtirilgan yordam havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, o‘qotar va tanklarga qarshi qurol yetkazilishini o‘z ichiga olgan.

Biroq AQSh milliy xavfsizlik kengashi Ukraina va Rossiya chegarasidagi keskinlik kamaygandan so‘ng hamda AQSh prezidenti Jo Baydenning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvi arafasida Ukrainaga yordam taqdim qilinishini to‘xtatib qo‘ydi. 

Politico suhbatdoshlaridan birining ta'kidlashicha, Vashington Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishini hali butkul istisno qilmayapti.

Top