23:10 / 19.06.2021
5947
Gruziyaga aviaqatnovlar soni ortishi kutilmoqda
Foto: Advantour

Joriy yilning 4 iyulidan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Tbilisi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yakshanba kuni qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi. Haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.

Aviachipta narxlari:

  • Toshkent – Tbilisi 2 340 000 so‘m;
  • Toshkent – Tbilisi – Toshkent 4 070 000 so‘mdan boshlanadi.

Yakshanba kunidagi yangi aviaqatnovning uchish vaqti:

  • Toshkentdan uchish: 08:10
  • Tbilisiga kelish: 10:30
  • Tbilisidan uchish: 11:30
  • Toshkentga kelish: 15:30

Qayd etilishicha, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Top