12:24 / 19.06.2021
19831
Reklama

korzinka.uz Qoratosh 10 yoshda: aynan hozir – yangilangan supermarketga borish vaqti!

korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i o‘zgarishlar uchun vaqtincha yopilgan Qoratosh ko‘chasidagi do‘konini ochdi.

«Supermarketda nimalar o‘zgardi? Qanday qulayliklar bor?» kabi savollarga, keling, ushbu maqoladan birga javob topamiz!

Bugun biz e'tiboringizga korzinka.uz Qoratosh supermarketiga borish uchun eng asosiy 5 sababni havola etamiz! Sayrni boshladik!

Savdo zali kengaydi va mijozlar harakat yo‘nalishi qulaylashtirildi

Supermarketga kirish qismining ortiqcha detallardan xoli etilishi, yangi saqlash qutilarining qulay joyga o‘rnatilishi va savdo zalining 100 kv. metrdan ko‘proqqa kengaytirilishi harakatlanish qulayligini sezilarli ravishda oshirgan.

Mijozlarga tezkor va mukammal xaridni amalga oshirish tanlovini berish, harakatlanishni jadallashtirish maqsadida salqin ichimliklar, meva va sabzavotlar hamda yengil tamaddi mahsulotlari bo‘limlari kassa qismiga yaqin joylashtirilgan.



To‘liq va mukammal xarid qilish yo‘nalishini tanlagan mijozlar esa supermarketda harakatlanish yo‘laklarining, shuningdek, kassa qismining ham kengaytirilganidan mamnun bo‘lishi turgan gap.

Yanada zamonaviy va sifatli italyan savdo uskunalari o‘rnatildi

korzinka.uz – O‘zbekistonda o‘z supermarketlarida jahon sifat standartlariga mos savdo anjom-uskunalari hamda innovatsiyalarni tatbiq qilib kelayotgan ilg‘or kompaniya hamdir.

Ushbu an'ana bir necha yillardan buyon har bir supermarketda qo‘llab kelinadi va korzinka.uz Qoratosh supermarketi ham bundan chetda qolgani yo‘q – supermarketga ARNEG italyan kompaniyasining uskunalari o‘rnatilgan.

Yangilangan supermarketdagi anjomlar, javon va uskunalardagi har bir kichik jihatga puxta e'tibor berilgan.

Xilma-xil mahsulotlarning keng tanlovi

korzinka.uz Qoratosh supermarketida nafaqat savdo hududi tomonlama, balki taklif etilayotgan mahsulotlar jihatidan ham keng tanlov imkoniyati taqdim etilgan.

Bu supermarketning Meva-sabzavotlar, Go‘sht, Sut, Non mahsulotlari va Shirinliklar bo‘limlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Yangi ichki va tashqi dizayn: Eski Shahar uslubi va nemis sifati

Xalqlar do‘stligi maydoni tomondan Qoratosh ko‘chasiga kelayotgan mijozlar e'tiborini korzinka.uz supermarketining yorqin va ulkan logotipi jalb etadi. Uni boshqa timsollar orasidan darrov ajratib olish mumkin.

Supermarketga yaqinlashgan sari mijozlarni kirish qismidagi yorqin qizil rang va milliy naqsh bezaklardagi arkali darvoza qarshi oladi. Milliy uslubdagi bezaklar ichki intererda ham davom etgan – bu tarixda savdo qaynagan Eski shahar ruhini beradi.

Ma'lum bo‘limlar va mahsulotlarni yanada tezroq topish, e'tiborni faqat tovarning o‘zigagina qaratish uchun esa rang, yorqinlikni smart boshqarish imkoniga ega ANSORG nemis kompaniyasi chiroqlaridan foydalanilgan.

Shuningdek, jozibali takliflarga yo‘naltiruvchi belgilar ham qulay joylangan.

Havo aylanishi va konditsioner tizimi butunlay yangilandi

Saratonda jazirama issiqda yoki qishda qahraton sovuqda kezishga hojat yo‘q – chunki korzinka.uz supermarketlari yozda salqinlik rohatini bersa, qishda esa o‘z tafti bilan isitadi.

korzinka.uz Qoratosh supermarketi ham bundan mustasno emas. Qolaversa, ushbu supermarketda havo aylanishi va konditsioner tizimi ham mutlaqo yangilandi.

Bir-biridan ajoyib qulayliklar faqat ushbu ro‘yxat bilan cheklanmaydi, chunki korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining eng asosiy qadriyati – yaratilgan sharoit va takliflardan mijozlarning rozi bo‘lishi.

Xalqimizda «Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan maq'ul» degan purma'no naql bor. Biz sizni korzinka.uz Qoratosh supermarketiga chorlaymiz - keling, ko‘ring, xarid qiling va o‘zingiz guvoh bo‘ling!

Bag‘rimiz doimo siz uchun ochiq!

Bugunoq korzinka.uz virtual kartangizni oching va 5000 salom-bonusga ega bo‘ling!

Mobil ilova bilan qulayroq, foydaliroq va unumliroq: korzinka.uz/mobile

korzinka.uz'dan ko‘proq jozibali takliflar:

korzinka.uz Telegram'da: t.me/korzinka_uzbek

korzinka.uz Instagram'da: @korzinkauz

korzinka.uz Facebook'da: fb.com/korzinkauz

Sayt: korzinka.uz

Bog‘lanish uchun telefon raqami: +99878 140 1414

Reklama huquqi asosida

Top