16:50 / 19.06.2021
10157
Lukashenko Belarus Ukraina samolyotlarini qabul qilmasligini aytdi

Ukraina may oxirlarida Belarusga o‘z havo makonidan foydalanishni taqiqlagandi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Ukrainadan keladigan samolyotlarni Belarus hududiga kiritmasligini ma'lum qildi. Bu haqda «Pul Pervogo» Telegram-kanali xabar berdi.

«Ukraina bizga parvozni yopdi, biz ham Ukrainada samolyotlarni qabul qilmaymiz», — dedi Lukashenko.

Ukraina may oxirlarida Belarusga o‘z havo makonidan foydalanishni taqiqlagandi. Bunga Minskning 23 may kuni Ryanair aviakompaniyasi samolyotini majburan qo‘ndirishi sabab bo‘lgandi. 

Samolyotda Belarusda ekstremistik deb topilgan Nexta Telegram-kanali asoschisi Roman Protasevich bo‘lgan. Samolyot Minsk aeroportiga qo‘ndirilganidan so‘ng Protasevich qo‘lga olingan.

Top