14:53 / 20.06.2021
3362
Toshkent–Hojikent yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd elektrodvigateldan tutun chiqqani sabab to‘xtatildi

Toshkent shahridan Bo‘stonliq tumanidagi Hojikent sihatgohi yo‘nalishida harakatlanuvchi elektropoyezd Oqqavoq temir yo‘l bekatida to‘xtatildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabarida ma'lum qilinishicha, 20 iyun kuni soat 08:18 da ushbu yo‘nalishda harakatlanuvchi 6429-sonli elektropoyezd Oqqavoq temir yo‘l bekatida Tyagoviy elektrodvigateldan tutun chiqqani sababli harakatini to‘xtatgan.

Elektrovozni almashtirish ishlari olib borilayotgani ma'lum qilingan.

Top