19:14 / 21.06.2021
11321
2021-2022 o‘quv yili uchun TF MMFI MTYaU hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda

Toshkent shahridagi «MMFI» Milliy tadqiqot yadro universiteti» filiali yuqori salohiyatdagi muhandis-texnik yo‘nalishida ta'lim olishni xohlagan iqtidorli yoshlarni talabalar safini kengaytirishga chaqiradi.

MMFI MTYaU filialining asosiy vazifasi – atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida zamon talablariga javob beradigan, yuksak bilim, yuqori ko‘nikma va malaka bilan birga amaliy salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash. Institutning o‘quv dasturi Moskvadagi bosh ta'lim muassasasining standartlari va ish beruvchilarning talablari asosida ishlab chiqilgan.

Filialda bakalavrlar kunduzgi ta'lim dasturi asosida tahsil olishadi. Ta'lim jarayoni Rossiyadagi yetakchi oliy o‘quv dargohlari bilan turli xil xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati mavjudligi, kredit-modul tizimi asosida tashkillashtirgan. Bitiruvchilar Moskvadagi bosh universitet diplomini olishadi.

Talabalar xalqaro ta'lim dasturlarida, xalqaro tanlovlarda, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyaning obektlarida va yetakchi tadqiqot institutlarida amaliyot o‘tashlari mumkin.

O‘zbekistonlik va Rossiyalik professor o‘qituvchilar, ma'ruzachi-amaliyotchi o‘qituvchilar pedagogik ta'lim berishadi.

Hozirgi kunda filial MMFI MTYaU quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'limni amalga oshiradi:

  • “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”;
  • “Yadro fizikasi va texnologiyalar”;
  • “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi”;
  • “Elektr energetikasi va elektrotexnika”.

Hujjatlarni qabul qilish 2021 yilning 2 iyulga qadar onlayn va oflayn rejimda amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun siz quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz shart:

  • shaxsni,fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat;
  • ta'lim darajasini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat;

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha abituriyentlar grant asosida tahsil olishadi.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Ulug‘bek shaharchasi, Xuroson ko‘chasi, 1-uy.

Ma'lumot uchun telefon: +998 71 231 91 80

Sayt: www.mephi.uz

Telegram: t.me/uzmephi

Reklama huquqi asosida

Top