19:28 / 21.06.2021
30875

AQShda aviatashuvchi kema 18 tonnali bombani portlatish orqali sinovdan o‘tkazildi

AQSh geologiya xizmatining ma'lumot berishicha, bombaning portlashi 3,9 magnitudali zilzila kuchiga teng bo‘lgan.

Foto: US Navy

Amerika harbiylari Florida sohillari yaqinida Jyerald Ford (CVN 78) aviatashuvchi kemasini sinovdan o‘tkazish uchun portlash uyushtirdi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sinov sohildan 161 kilometr uzoqlikda o‘tkazilgan.

Og‘irligi 18 tonnali bombaning portlashi 3,9 magnitudali zilzila kuchiga teng bo‘ldi, deb ma'lum qildi AQSh geologiya xizmati.

AQSh harbiy-dengiz flotining xabariga ko‘ra, aviatashuvchi kema bomba portlashiga dosh berib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Mavzuga oid
Top