18:44 / 21.06.2021
22088
Min Aung Hlaing Moskvaga keldi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Min Aung Hlaingning Vladimir Putin bilan uchrashishi ko‘zda tutilmagan.

Foto: Global Look Press

Myanma hukumatini boshqarayotgan harbiylar yetakchisi Min Aung Hlaing Moskvaga keldi. Bu haqda «Interfaks» o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, uni aeroportda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin kutib olgan.

Avvalroq Min Aung Hlaing Moskvadagi xalqaro xavfsizlik bo‘yicha anjumanda qatnashishni rejalashtirgani aytilgandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Min Aung Hlaingning Vladimir Putin bilan uchrashishi ko‘zda tutilmagan.

Myanmada 1 fevralda harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aung Hlaing qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarini o‘z qo‘liga oldi.

Top