11:07 / 21.06.2021
1281
Surxondaryoda kursdoshiga og‘ir tan jarohati yetkazgan kollej talabasiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida kursdoshiga og‘ir tan jarohati yetkazgan kollej talabasiga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 may kuni soat 9:30larda, Sho‘rchi tumani Guliston mahallasida yashovchi, shu tumandagi tibbiyot kollejining 1-bosqich talabasi, E.Husan «Analitik kimyo laboratoriya» xonasida, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, shu kollejning 1-bosqich talabasi E.Sardor bilan o‘zaro janjallashgan.

Oqibatda, E.Sardor qo‘lidagi pichoq bilan E.Husanning tanasiga ikki marta zarba berib, «hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir» tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, 24 may kuni E.Sardorga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top