08:12 / 21.06.2021
12104

Vazirlar Mahkamasi apparatining ijro etuvchi tuzilmasi yangilandi

Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

29ta hujjat tasdiqlandi. Ular orasida - quyidagi tuzilmalar:

  • Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 269 nafar va texnik xodimlar (inspektorlar) soni 52 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi;
  • Bosh vazirning kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmatining tuzilmalari;
  • Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili kotibiyatining tuzilmasi;
  • Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining tuzilmasi;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy- texnik ta'minlash bo‘limining tuzilmasi.

Misol uchun, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati shtatiga quyidagilar kiradi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi qabulxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis - 1 birlik;
  • tumanlar va shaharlardagi qabulxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis - 1 birlik;
  • Prezident huzuridagi tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Hisob palatasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bosh mutaxassis - 1 birlik;
  • inspektor - 1 birlik.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 15.06.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top