22:06 / 22.06.2021
1649

Samarqandda 248 million so‘mlik tilla taqinchoqlarning pulini bermay kelayotgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida tilla taqinchoqlar sotiladigan do‘kondan 248 million 600 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarni olib, pulini bermay kelayotgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida joylashgan taqinchoqlar do‘koni sotuvchisi IIBga murojaat qilib, xaridorlardan biri uning ishonchiga kirib, bahosi 248 million 600 ming so‘mga teng bo‘lgan tilla taqinchoqlarni olib ketganini va pulini bermay yurganini ma'lum qilgan.

Hodisa yuzasidan dastlabki tergov surishtiruvlari olib borilgan va pullarni hozirga qadar bermay kelayotgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top