10:04 / 23.06.2021
19047

Koronavirus: Kunlik holatlar soni 400dan yuqori, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 419 kishida kasallik qayd etilib, 500dan ortiq bemor sog‘aygani va ikki nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 22 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 107266 (+419) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 10 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 27 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 14 nafari Namangan viloyatida,
  • 64 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 72 nafari Toshkent viloyatida,
  • 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 9 nafar,
  • Jizzax viloyatida 23 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 16 nafar,
  • Samarqand viloyatida 33 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 22 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 174 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
  • Xorazm viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent viloyatida 46 nafar,
  • Toshkent shahrida 180 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 103074 (+528) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 722 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3470 nafar bemor davolanmoqda.

Top