09:59 / 23.06.2021
9805

May oyida qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgani aytildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning may oyida jami 4 801 dona “Lacetti-Gentra” ishlab chiqarilgan.

2021 yilning may oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni quyidagicha:

  • “Cobalt” - 6 836 dona; 
  • “Damas” - 5 133 dona;  
  •  “Lacetti-Gentra” - 4 801 dona;
  • “Nexia T-250” - 1 851 dona; 
  • “Spark” - 1 119 dona;
  • “Labo” - 1 067 dona.

Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning may oyida aprel oyiga qaraganda 1 295 dona “Cobalt”, 1 153 dona “Lacetti-Gentra” ko‘p ishlab chiqarilgan. Qolgan boshqa rusumlarda kamayish kuzatilgan.

Mavzuga oid
Top