21:48 / 23.06.2021
3815

Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni ko‘paymoqda

Joriy yilning iyul oyidan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishida haftasiga uch martagacha muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aviaqatnovlar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlariga belgilangan.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar Samarqand – Istanbul yo‘nalishida aviachiptalarni 2 935 000 so‘mdan sotib olishlari mumkin. Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishida aviachipta narxi 4 282 000 so‘mdan boshlanadi.

Top