19:37 / 24.06.2021
24309
“Bombani kemaning ustiga ham tashlashimiz mumkin” – Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar 2014 yilda anneksiya qilingan Qrim qirg‘oqlari yaqinida britaniyaliklarning «Defender» esminetsi yo‘nalishi bo‘ylab ogohlantiruvchi o‘q uzgani haqida ma'lum qilgandi.

Foto: Sergey Ryabkov / TASC

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Rossiya chegaralari buzilishiga javoban "bombani nafaqat kema yo‘liga, balki uning ustiga ham tashlashi mumkin"ligini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi

"Biz sog‘lom fikrlashga chaqirishimiz va xalqaro huquqni hurmat qilishni talab qilishimiz mumkin. Ammo agar bu yordam bermasa, bombani nafaqat (kemaning – tahr.) yo‘liga, balki nishonning ustiga ham tashlashimiz mumkin, mabodo hamkasblarimiz buni tushunishmasa", - dedi Ryabkov.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar 2014 yilda anneksiya qilingan Qrim qirg‘oqlari yaqinida britaniyaliklarning «Defender» esminetsi yo‘nalishi bo‘ylab ogohlantiruvchi o‘q uzgani haqida ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, chegara qo‘riqlash xizmati kemasi ogohlantiruvchi o‘qlar uzgan, Su-24M samolyoti esa «Defender» kemasi kursi bo‘ylab ogohlantiruv aviabombalari tashlagan.

Rossiya bombardimonchilari to‘rtta aviabomba ishlatgani qayd etilgan. Ammo Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi bunday hodisa ro‘y berganini inkor etdi.

24 iyun kuni Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchisi Deboru Bronnert ushbu hodisa sababli Rossiya TIVga chaqirtirildi.

Top